Ro'yxatni yuklang — qolganini tizim qiladi
Excel yoki CSV faylni yuklaysiz. Tizim navbat bilan qo'ng'iroq qiladi, band bo'lsa keyinroq qayta uriniladi.
Telefon raqamlar ro'yxatini yuklaysiz. Tizim navbat bilan qo'ng'iroq qiladi, tayyorlab qo'yilgan xabarni eshittiradi va gaplashmoqchi bo'lgan odamni operatoringizga ulaydi. Xodimlaringiz raqam terib o'tirmaydi.
Hammasi bitta oynada: raqamlar ro'yxati ham, ovozli xabar ham, natija ham. Alohida dastur o'rnatish yoki xodimni qaytadan o'qitish kerak emas.
CRM dagi kerakli bo'limni bir marta ko'rsatasiz: tizim o'sha yerdagi mijozlarni o'zi olib keladi va qo'ng'iroq tugashi bilan natijani — javob berdi, band edi yoki ko'tarmadi — o'sha kartochkaga o'zi yozib qo'yadi. Xodim CRM bilan tizim o'rtasida ro'yxat tashib yurmaydi.
Kimga, qachon va necha marta qo'ng'iroq qilishni o'zingiz belgilaysiz. Ish vaqtidan tashqarida qo'ng'iroq qilinmaydi, javob bermaganiga keyinroq yana uriniladi.
Javobsiz qo'ng'iroqlardan o'zi yig'iladi, qo'lda yozib kiritiladi yoki Excel jadvalidan yuklanadi.
O'z ovozingizni yozib yuklaysiz yoki tayyorini tanlaysiz. Mijoz go'shakni ko'targanda o'sha xabar eshitiladi.
Xabarni eshitgan mijoz operatorga yoki kerakli bo'limga ulanadi. Kim band, kim bo'sh — ekranda ko'rinib turadi va qo'ng'iroq bo'shiga tushadi.
Har bir suhbat saqlanadi. Sana, raqam yoki natija bo'yicha topasiz va sahifaning o'zida eshitasiz — yuklab olish ham bir bosishda.
Nechta odamga qo'ng'iroq qilindi, nechtasi javob berdi, qaysi ro'yxat qay darajada tugadi — hammasi bitta ekranda va Excel'ga yuklanadi.
O'rnatamiz va uch kun to'lovsiz ishlatasiz — hamma imkoniyat ochiq, cheklov yo'q. Yoqmasa hech narsa to'lamaysiz.
Tizim sizning serveringizda ishlaydi: mijoz bazasi ham, suhbat yozuvlari ham tashqariga chiqmaydi va bulutga yuborilmaydi.
Tizim telefon stansiyangiz qaysi tilda bo'lsa — o'shanda ochiladi. Xodimga yangi til o'rgatish kerak emas.
Uzoqdan ulanib o'rnatamiz, sozlaymiz va xodimlaringizga ko'rsatamiz. Keyin ham Telegram orqali yordam beramiz.
O'rnatish, sozlash va xodimlarga ko'rsatish biz tomonimizdan.
Telegram yoki telefon orqali yozasiz. Kerakli muddatni tanlaymiz va shartnomani rasmiylashtiramiz.
Telefoningizga uzoqdan ulanib, hammasini o'rnatamiz, sozlaymiz va xodimlaringizga ishlatishni ko'rsatamiz.
Raqamlarni yuklaysiz, ovozli xabarni tanlaysiz va «Ishga tushirish» tugmasini bosasiz.
Narx bitta call center uchun. Uzoqroq muddat — arzonroq oy. Boshlashdan oldin 3 kun bepul sinab ko'rasiz.
Ko'pchilik ofis telefon tizimlariga mos keladi. O'rnatishdan oldin sizdagisini tekshirib, aniq javob beramiz — tekshiruv bepul.
Faqat sizning serveringizda. Raqamlar, suhbat yozuvlari va qo'ng'iroqlar tarixi bizga ham, boshqa hech kimga ham yuborilmaydi.
Qo'ng'iroqlar davom etaveradi — tizim sizning serveringizda turadi. Internet faqat litsenziyani tekshirish uchun kerak va u bir haftalik zaxira bilan ishlaydi.
Bitta call centerga. Serverni almashtirsangiz yoki ko'chirsangiz, kalitni bo'shatib beramiz va yangi joyda ishlaydi.
Tizimni o'rnatamiz va uch kun to'lovsiz ishlatib ko'rasiz — hamma imkoniyat ochiq, cheklov yo'q. Uch kun tugagach to'lov qilinmasa litsenziya faol bo'lmaydi va tizim qo'ng'iroq qilishni to'xtatadi. Ma'lumotlaringiz serveringizda turaveradi: to'lovdan keyin hammasi joyida davom etadi.
Bir marta ulaymiz va CRM dagi qaysi bo'limdan mijoz olinishini ko'rsatasiz. Keyin tizim o'sha bo'limdagi yangi mijozlarni o'zi oladi, qo'ng'iroq qiladi va natijani kartochkaga o'zi yozadi. Javob bermaganiga belgilangan kundan keyin qayta uriniladi.
Telefon tizimingiz qaysi tilda bo'lsa — o'shanda. Rus tilida ishlatsangiz tizim ham ruscha ochiladi, bo'lakcha sozlash kerak emas.
Ha. Yozing — ishlayotganini ko'rsatamiz va sinash uchun kalit beramiz.
Ism va telefon raqamingizni yozing. Ish vaqtida bir soat ichida javob beramiz va tizimni ko'rsatamiz.